ALIMOV'S SCHOOL

Kelajak shu yerdan boshlanadi

Davlat Madhiyasi

O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining matni va musiqiy tahririyati O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrdagi 768-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi qonuni bilan tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasiga chuqur hurmat — O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.

Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so‘zi

O'zbekiston Madhiyasi Notalari

Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqorat:
Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!

Naqorat:
Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!